Jahon | 22:35 / 03.11.2016
10090
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezident dugonasi qo‘lga olindi

Foto: © EPA/YONHAP

Koreya Respublikasi prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, korrupsiya mash-mashalari markazida turgan Chxve Sun Silni hibsga oldi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar bermoqda.

Hibsga olish Seul sudi tomonidan chiqarilgan orderga muvofiq amalga oshirilgan. Ma'lum qilinishicha, sud orderni Chxve Sun Cilga nisbatan korrupsiya bo‘yicha qo‘yilgan ayblovdan so‘ng bergan. Hafta boshida Janubiy Koreya prokuraturasi so‘rovlardan so‘ng, shubhalanuvchi dalillarni yo‘q qilish xavfi bilan uni vaqtinchalik garovga olgan edi.

Avval ma'lum qilinganidek, mamlakat prezidenti Pak Kin Xe juma kuni xalq oldida ushbu masalaga bayonot berib chiqadi. “Ryonxap” agentligi manbasiga ko‘ra, u uzr so‘rashi, shuningdek, dugonasining ishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid