Jamiyat | 21:48 / 04.11.2016
26096
3 daqiqa o‘qiladi

Amerika maktablarining birida o‘quvchilarni "tiriklayin ko‘mishdi"

Foto: popsugar.com

Brodxed  (AQSh)da o‘rta maktab o‘quvchilariga ertalabki yig‘ilish chog‘ida to‘rt nafar maktab o‘quvchisi YTH natijasida halok bo‘lganini xabar berishdi. Maktab ma'muriyati halokatga haydovchi rulda telefondan foydalangani sabab bo‘lganini ma'lum qilishdi. Bu haqida Washington Post xabar qiladi.

— Men juda xafa bo‘ldim. Maktabimiz kichik bo‘lgani uchun barcha halokatga uchragan bolalar kimligini yaxshi bilar edi, — deydi maktab o‘quvchilaridan biri.

Fojia haqida eshitgach, bolalar ota-onalariga telefon qilib, xabar yubora boshlashdi.

Biroq voqea butunlay o‘zgacha tus oldi. Barcha ko‘z yosh to‘kib, vahima qila boshlaganidan so‘ng,o‘quvchilarning halok bo‘lganini xabar qilgan kishi bu bor-yo‘g‘i "maktab chaqiruvi" ekanini aytib o‘tdi — shu tariqa ma'muriyat o‘quvchilarni mashina haydash chog‘ida telefonlardan foydalanish xavfi haqida ogohlantirmoqchi bo‘ldi.

Aslida hech qanday avtohalokat sodir bo‘lmagan. To‘rt o‘quvchi ham tirik va sog‘: keyinroq ma'lum bo‘lishicha, ularga xabar rost bo‘lib ko‘rinishi uchun do‘stlarning qo‘ng‘irog‘iga javob bermay turishi tayinlangan.

Biroq bolalarning ota-onasi va o‘quvchilar o‘rtasida xavfsizlik haqida tushuntirishda bunday usullardan foydalanish nechog‘lik to‘g‘ri ekani to‘g‘risida muzokaralar kelib chiqdi.

Maktab rahbariyati yolg‘on chaqiruv noqulaylik keltirib chiqargani uchun uzr so‘radi.

O‘z navbatida o‘quv kengashi vakili  Miranda Rayzer ma'muriyat tashabbusini  to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

"Agar ular o‘quvchilarga ma'lumotni oddiy usul bilan yetkazishga urinishganida hech kim quloq solmagan va hatto e'tibor ham qilmagan bo‘lar edi", — deydi Rayzer.

Mavzuga oid