Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik haydovchi avtomobilida 20 ta cho‘chqani yashirishga urindi
Xitoy yo‘l politsiyasi Tszyansi provinsiyasining Ganchjou shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda yo‘l tanlamasni tekshirish uchun to‘xtatganida, uning yukxonasida 20 ta cho‘chqa yashirilganining guvohi bo‘ldi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.
Huquq tartibot xodimlari avtomobilga yaqinlashganida shubhaga soluvchi hid uning diqqatini tortgan. Ular mashinaning to‘xtatishgan, hujjatlarni tekshirishgan va haydovchidan yukxonani ochishni so‘rashgan.
Huquq tartibot organi xodimlaridan biri tomonidan telefonda olingan videoyozuvda politsiyachilar yukxonadagi holatni ko‘rib, o‘ta taajjublanganliklarini ko‘rish mumkin. Chunki u yerda uncha katta bo‘lmagan ko‘plab cho‘chqalar bor edi.
Keyinchalik tekshirib ko‘rilganda, u yerda 20 ta cho‘chqa borligi ayon bo‘lgan. Har bir jonivorning og‘irligi 10 kg.ni tashkil etgan.
Politsiyachilar haydovchini jonivorlarni bunday avtomobillarda tashish xavfsiz emasligi haqida ogohlantirishgan. Unga nisbatan jarima qo‘llanilgani aniq emas.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026