Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eron sababli neft qazib olishni ko‘paytirish bilan tahdid qilmoqda
Saudiya Arabistoni agar Eron neft qazib olishning joriy hajmini muzlatishdan bosh tortsa, unda neft qazib olishni ko‘paytirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda OPeKdagi 4 ta manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan OPeK davlatlari vakillari uchrashuvida Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kuniga 11-12 mln barrelgacha ko‘paytirishi va neft hajmini muzlatishni to‘xtatishi bilan tahdid qilgan.
Eron neft qazib olish hajmini cheklashdan bosh tortmoqda va bunday cheklovlardan ozod qilinishi kerakligini, chunki uning neft ishlab chiqarish sanoati sanksiyalar bekor qilingandan keyin endigina tiklanayotganini aytmoqda. Sentyabrda Eron kuniga 3,85 mln barrel neft qazib olgan va neft qazib olish hajmini kuniga 4,2 mln barrel hajmida muzlatishga tayyorligini ta'kidlamoqda.
Saudiya Arabistoni vakillari esa Eron bu ko‘rsatkichni 3,66 mln barrel miqdorida cheklashi zarurligini ta'kidlashmoqda. Ana shundagina Saudiya Arabistoni o‘zining neft qazib olish hajmini 10,2 mln barrel miqdorda cheklashi mumkin.
OPeK rasmiy vakillari bu axborotga izoh berishdan bosh tortishdi, chunki uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan.
Saudiya Arabistoni 2014 yildan beri neft qazib olish hajmini rekord darajadagi 10,5-10,7 mln barrelga oshirdi. Agar u tomondan neft qazib olish hajmi yanada oshirilsa, unda bu neft narxining sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026