Toshkent yuridik kollejida “Mening birinchi saylovim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Uchtepa tumanidagi 1- Toshkent yuridik kollejida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Uchtepa tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori bilan hamkorlikda “Mening birinchi saylovim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida 100 nafarga yaqin birinchi marta saylovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi. Noan'anaviy muzokara va munozaralar asosida o‘tkazilgan davra suhbatida mamlakatimizda siyosiy va huquqiy tizim izchil modernizatsiya qilinishi natijasida zamonaviy demokratiya tamoyillariga javob beradigan hamda fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishni kafolatlaydigan milliy saylov tizimi yaratilgani, saylov kampaniyasi doirasida saylov okruglari va uchastkalarining tashkil etilishi, saylov komissiyalari tuzilishi, siyosiy partilar tomonidan Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘planishi va nomzodlar ko‘rsatish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi, saylovchilar saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yish tartiblari to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili
15:47 / 26.03.2024
Gurjistonda hukmron partiya MSK ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
13:17 / 20.06.2023
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyundan boshlanadi
20:23 / 01.05.2023