Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Obama Klinton tashviqoti bilan emas, AQSh muammolari bilan shug‘ullanishi kerak
Foto: © AFP
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning fikricha, AQSh prezidenti Barak Obama Xillari Klinton tashviqoti bilan emas, balki AQShdagi dolzarb muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanishi kerak. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Obama Xillari Klinton tashviqoti bilan shug‘ullanmasligi kerak. U Oval kabinetda o‘tirib, ish o‘rinlarini yaratish, armiyamizni mustahkamlash, savdo kelishuvlarini tuzish bilan shug‘ullanishi kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Tramp Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari oldida.
Tramp Obama Klintonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida namoyishlarga davlat samolyotida borishini aytdi va "bu parvozlar uchun kim haq to‘lashi" haqida qiziqib ko‘rdi. Tramp OAV AQSh prezidentiga qarshi norozilik bildiruvchi odamlarni ko‘rsatmasligi, biroq unga qarshi bo‘layotganlarni doimo ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.
Oxirgi kunlarda Obama deyarli har kun Klinton qo‘llab-quvvatlanuvchi namoyishlarda ishtirok etmoqda. Obamadan tashqari bunday namoyishlarda AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden hamda Obamaning rafiqasi Mishel Obama ham qatnashib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi saylovlari rasman 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Biroq ko‘pgina shtatlarda muddatdan avval ovoz berish boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
14:23 / 21.07.2025