Adidas rahbari Reebok brendini qayta tiklashni maqsad qildi

Foto: Lucian Milasan / Shutterstock.com
Dunyodagi eng yirik sport kiyimi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan Adidas Group'ning ikkinchi yarim yillik hisobotida Reebok brendini qayta tiklash ishlari tufayli 30 million yevrolik (33,4 million dollar) xarajat qayd etiladi. Adidas bosh direktori Kasper Rorshtedning so‘zlariga ko‘ra, bu chora sekin rivojlanayotgan brenddan voz kechmaslik va uni Adidas'dan yanada mustaqil taraqqiy ettirish imkonini paydo qiladi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.
Rorshted Henkel'dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng, 2016 yilning oktabridan Adidas Group boshqaruvini qo‘lga oldi. Investorlar uning nemis sport kiyimi ishlab chiqaruvchisi boshqaruvidagi birinchi strategik qadamlarini sabrsizlik bilan kutishgan edi.
Adidas Group Reebok brendini 2005 yilda qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqt davomida bu marka sotuvlari pasayib ketdi va kompaniya muntazam ravishda uning rivojlanishi uchun investitsiya kiritishiga to‘g‘ri keldi. Oxirgi 14 chorak davomida Reebok sotuvlari o‘sdi, albatta, biroq bu o‘sish Adidas brendi va raqiblarning o‘sishiga nisbatan ancha sekin ekanligi ta'kidlandi. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda Shimoliy Amerikada Reebok brendining sotuvlari umuman o‘smagan. "Reebok'ga ikki karra ko‘p kuch sarflaydigan vaqt keldi", - deya ta'kidladi Rorshted.
"Brendni qayta tiklashdan maqsad - sotuvlar o‘sishini tezlashtirish va daromadni oshirish, - dedi rahbar. - Reebok - jamoamizning muhim a'zosi. Biroq muvaffaqiyatga sportdagi kabi jamoa a'zolarining har biri o‘z hissasini qo‘shish kerak. Biz Reebok'dan shuni kutmoqdamiz", - dedi u.
Buning uchun Adidas Group faqatgina Reebok brendi bilan shug‘ullanuvchi maxsus jamoa tuzadi. Kompaniya AQShdagi Reebok do‘konlari sonini ikki barobarga kamaytirmoqchi hamda Reebok FitHub'ning ba'zi do‘konlarini yopmoqchi. 2016 yil oxiriga borib, Reebok brendining 20ta do‘koni hamda Reebok FitHub'ning deyarli yarmi yopiladi. Kompaniya buning o‘rniga Reebok'ning ulgurji sotuvlariga urg‘u beradi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

12:10 / 05.05.2025
Britaniya agentligi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

15:20 / 17.04.2025