09:06 / 07.11.2016
29830

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Foto: turkistonpress.uz

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda

Rozuqulov Turkmanistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillariga boshchilik qildi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Turkmaniston bilan keng ko‘lamli muloqotni rivojlantirishga katta ahamiyat ko‘rsatayotgani ta'kidlab o‘tildi. 

O‘z navbatida, Turkmaniston prezidenti yaqin qo‘shnilar, jumladan O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning mustahkamlanayotgani Turkmaniston tashqi siyosatida strategik ustuvor yo‘nalish ekanligini qayd qilib o‘tdi.

Tomonlar muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek-turkman hamkorligining holati va istiqbollarini muhokama qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, ikki davlat savdo-iqtisodiy soha, agrar tarmoq va boshqa sohalarda sermahsul aloqalarni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlarga egalar.   

O‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishi qatorida transport-kommunikatsiya sektori aytib o‘tildi. Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston vakillarini Ashxobodda 2016 yil  26-27 noyabrda BMT boshchiligida bo‘lib o‘tadigan barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global anjumanda ishtirok etishni taklif qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari mustahkamligiga va ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi sermahsul hamkorlikning muvaffaqiyatli davom ettirilishiga ishonch bildirishdi. 

 

Top