Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talabalar Janubiy Koreyaning Aju universitetidagi festivalda g‘olib bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Aju Universitetida "Exchange student program" dasturi asosida ta'lim olayotgan Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti talabalari, Aju universitetida bo‘lib o‘tgan "International day 2016" festivalida faxrli 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston bayrog‘ini balandga ko‘tardi.
Ikki bosqichdan iborat bo‘lgan tanlovda dunyoning 40dan ortiq davlatlaridan tashrif buyurgan talabalar ishtirok etishdi. Birinchi bosqich dekoratsiya hamda milliy ovqatlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi va bunda JIDU talabalari shartli ravishda 1- va 2-o‘ringa loyiq topildi. Ikkinchi bosqich milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar yo‘nalishida o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda o‘zbekistonlik talabalar AJU universiteti ma'muriyati hamda tomoshabinlar tomonidan 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.




Mavzuga oid
06:00
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43
Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:01 / 12.01.2026