Jamiyat | 20:53 / 07.11.2016
10417
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘ztransgaz” fuqarolarni qish mavsumida is gazidan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “O‘ztransgaz” AKning maxsus farmoyishi qabul qilinib, unga asosan kompaniya va uning tizim korxonalari uchun joriy yilning 17 oktabridan 17 noyabriga qadar  respublika hududida “Gaz uskunalari va isitish jihozlaridan havfsiz foydalanish oyligi” deb e'lon qilindi.

Oylik doirasida 2016 yil 9 noyabr kuni Toshkent shaharidagi “HYATT  REGENCY” mehmonxonasi anjumanlar zalida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo‘lbola, nostandart gaz jihozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz holatdagi dudburonlardan foydalanish hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlarining uchrab turishi fuqarolarining is gazidan zaharlanishiga hamda havo va gaz aralashmasini chaqnashi natijasida jabrlanishi va hattoki halok bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Tabiiy gaz – bu asosan (98 foiz) metan (SN4) hamda 2 foiz boshqa og‘ir uglevodorodlar (propan, butan, etan, geksan va boshqalar)dan iborat bo‘lgan gazdir. Metan gazning 1 m3 ni yoqish uchun 9,5 m3 havo kerak bo‘ladi. Gaz asbobi surunkali ishlatilganda gaz asbobi o‘rnatilgan xonani eshik va derazalarining zich yopilishida metan gazining yonishi uchun kerak bo‘ladigan havo miqdorini kamayib ketishi va metan gazini to‘liq yonmasligi natijasidaIS GAZIni keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday holatni paydo qiluvchi, ishtirokchi va jabr ko‘ruvchi ham  insonlarning o‘zlari bo‘layotganligiga alohida e'tibor qaratish shart. Ayniqsa, yuzaga kelayotgan ayrim talofatlarda yosh bolalarni jabr ko‘rayotganligi va bolalar o‘limining yuzaga kelayotganligi esa o‘ta achinarli holdir. Bu mudhish voqealarning asosiy sababi aholining ko‘p hollarda turmushda xavfsizlik talablarini bilmasligi yoki ularga beparvolik bilan qarashi bo‘lib kelmoqda.

“O‘ztransgaz” AK tizimida is gazidan zaharlanishga qarshi qaratilgan tadbirlar har yili Respublika, viloyat va tumanlar doirasida o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarda gaz xo‘jaligi korxonalari tomonidan uylardagi tarmoq gazida ishlovchi gaz plitalariga (boshqa gaz asboblari bo‘lmaganda) - ikki yilda bir marotaba, uylardagi suyultirilgan gazda ishlaydigan gaz plitalariga (o‘zga gaz asboblari bo‘lmaganda) - bir yilda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatilishi hamda isitish mavsumi oldidan isitish va suv isitish asboblariga texnik xizmat ko‘rsatilishi, uy-joylardagi tarmoq gazida ishlovchi gaz plitalari, isitish, suv isitish asboblariga - yilda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatilishi shartligi eslatib o‘tilmoqda.

 

Mavzuga oid