Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Tojikiston aviaaloqani davom ettirishga kelishib oldilar
Rossiya transport vazirligi va Tojikistonning aviatsiya sohasidagi mutassadilari aviatashuvlar masalasi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashdi. Unga ko‘ra tomonlar "Jukovskiy" aeroportidan Rossiya aviakompaniyalari parvozi bo‘yicha kelishib oldilar, deb ma'lum qildi Rossiya transport vazirligi vakili RIA “Novosti” axborot agentligiga.
"Tomonlar davlatlar orasida havo aloqasini to‘liq hajmda rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldilar", deb ma'lum qildi manba.
Avvalroq manba Tojikistonda "Jukovskiy" aeroportidan kelayotgan Rossiya samolyotlarini qabul qilish rad etilganini ma'lum qilgandi. Shu munosabat bilan Moskva Rossiya aviatashuvchilari huquqlari poy-mol qilinmasligi uchun 8 noyabrdan Dushanbe bilan aviaaloqani to‘xtatishi mumkin bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026