«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi qator tezkor tadbirlar amalga oşirildi.
Xorazm viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Urganç şahrida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan va muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan şaxs Urganç xalqaro aeroportida Rossiyadan yuborilgan poçta jönatmasini qabul qilib olgan vaqtida qölga olindi.
Tekşiruv davomida jönatma içidagi turli xil şirinliklar orasiga şokolad qadoği körinişida yaşirilgan 538 gramm «gaşiş» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Yana bir tezkor tadbir Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida ötkazildi. Unda Toşkent şahrida yaşovçi 45 yoşli fuqaro narkokurerlar tomonidan mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilib, xufiyona joyga yaşirib qoldirilgan 700 gramm «gaşiş» moddasini qabul qilib olayotgan vaqtida uşlandi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari doirasida uşbu jinoyatlarga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça tezkor çora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mutasaddi idoralar fuqarolarni narkojinoyatlarga aralaşmaslikka çaqirib, bu turdagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari qonunçilikka kiritilgan sönggi özgartişlar bilan yanada kuçaytirilganini eslatdi.












