Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti bosh vazirlikka nomzodini qaytarib oladi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe agar parlament bunga rozi bo‘lmasa, bosh vazirlik uchun taklif qilgan nomzodini qaytarib oladi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Davlat rahbari bu qarorga parlament spikeri bilan uchrashuvidan keyin kelgan. Uchrashuvda uning dugonasi davlat ishlariga aralashgani ehtimoli yuzasidan muhokama o‘tkazilgan.
«Agar parlament bosh vazirlikka nomzodini tavsiya qilsa, men bu nomzodni qabul qilaman, u vazirlar mahkamasini boshqaradi», — degan Pak Kin Xe.
2 noyabr kuni Pak Kin Xe mamlakat bosh vaziri lavozimiga Xvan Gyo An o‘rniga Kim Byon Chjunni ilgari surdi. Ammo muxolifat ushbu nomzod Milliy majlis deputatlari bilan kelishilmagan tarzda ilgari surilgani uchun, uni qo‘llab-quvvatlamasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026