Jahon | 21:51 / 09.11.2016
30971
3 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Trampning o‘g‘illari jonivorlarni o‘ldirishni yaxshi ko‘radiganlardan chiqib qoldi

9 noyabr kuni respublikachi Donald Tramp AQShning yangi prezidenti bo‘ldi. Ko‘pchilik uning g‘alabasiga ishonmagandi, lekin bu voqea sodir bo‘ldi. Keyingi 4 yil ichida dunyoning yirik iqtisodiyotini boshqaradigan biznesmen va siyosatchi Donald Tramp qanday o‘g‘illarni o‘stirib, voyaga yetkazgan?

2011 yilning yanvar oyida badavlat ikki yigit Zimbabve safarisiga yo‘l oladi va u yerda ko‘plab hayvonlarni o‘ldirishdi. Bu ovchilarning nomi Erik va Donald edi. Ular o‘z safarlari chog‘ida ko‘plab suratlar olishga muvaffaq bo‘lishadi.

Kichik Donald Tramp birodari Erik bilan bo‘lgan ovda olingan suratlar jamlanmasini e'lon qilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur hobbi juda qimmat turadi. Trampning o‘g‘illari ov qilishga ruxsat olish uchun Zimbabvening tabiatni qo‘riqlash boshliqlariga bir necha o‘n minglab dollar to‘lashgan.

Ov o‘ylanganidan omadli chiqqan: yosh milliarderning o‘ldirgan jonivorlari kolleksiyasidan suv buyvoli, timsoh, kudu ohusi, tsivetta va fil joy olgandi.

Kichik Trampning o‘z o‘ljasi bilan suratga tushishi jonivorlarni himoya qiluvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Janjallarga eng ko‘p sababchi bo‘lgan surat Trampning fil xartumini kesib olib, qo‘lida ushlagancha tushgan surati bo‘lgandi.

Ovchi bu noroziliklarga o‘z tvitterida javob qaytarar ekan, suratlaridan uyalmasligini va u noto‘g‘ri ish qilmayotganligini aytib o‘tgan. 

Birinchidan, u mahalliy iqtisodiyotga va tabiatni qo‘riqlash tashkilotiga homiylik qilgan. Ikkinchidan, qishloqlardagi kambag‘allarga ko‘p miqdorda go‘sht jo‘natgan. Uchinchidan esa, ular o‘ldirgan jonivorlardan birortasi, quturgan fildan tashqari, kamayib ketish xavfida emas.

«O‘lja kiritish uchun uyushtirilgan va maqsadsiz bunday o‘ldirishlar ko‘p odamlarni haqorat qiladi», — degan edi o‘z navbatida AQShda insonparvarlik jamiyati harakatining vakili Maykl Markaryan.

«O‘g‘illarim ov qilishni yaxshi ko‘rishadi va ular yaxshi ovchilar bo‘lib yetishishdi. O‘zim bu narsalarga tushunmayman va ularni bu narsalar qiziqtirishi meni hayron qoldiradi», — deb bu hodisaga fikr bildirgan Donald Tramp.

Mavzuga oid