19:47 / 09.11.2016
17687

Trampning g‘alabasidan so‘ng namoyishlar boshlandi: Kaliforniya AQSh tarkibidan chiqmoqchi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti saylovida respublikachi Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, Kaliforniyaning Oklend shahrida norozilik namoyishi boshlandi. Bu haqda RT xabar tarqatdi.

Ko‘chaga chiqqan olomon «Bu bizning prezident emas!» va «Bu kimning ko‘chalari? Bizning ko‘chalar!», deya hayqirmoqda.

Shaharda turli obektlarga o‘t qo‘yishlar boshlangan.

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #Calexit (Brexit — British exit muqobili, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi). Kaliforniyaliklar alohida davlat tuzishmoqchi.

Bir foydalanuvchi bundan buyon o‘zini amerikalik deb emas, kaliforniyalik deb hisoblashini bildirgan.

Kimdir esa, Kaliforniya suveren davlatga aylansa, dunyodagi iqtisodi kuchli davlatlar oltiligiga kirishini aytgan.

«Nega #Calexit bo‘lmas ekan? Bir tarixiy voqea ortidan ikkinchisi. Bu Gitlerning prezidentligidan yaxshiku», — deyilgan yana bir tvitda.

CNN ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp talab etilgan 270 ovoz o‘rniga 289 ovoz olib, demokratlar vakili Hillari Klintonni katta farq bilan ortda qoldirgan (218 ovoz, Kaliforniya shtati o‘z ovozlarini Klinton uchun bergandi). Tramp Barak Obamaning o‘rnini kelgusi yilning yanvarida egallaydi.

Kaliforniya — AQShdagi aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan shtat hisoblanadi - deyarli 40 million kishi. Tinch okeani bilan tutashgan bu g‘arbiy shtat qo‘shma shtatlarning YaIM hajmi bo‘yicha eng birinchi o‘rindagi shtatidir.

Top