O‘zbekiston | 19:58 / 09.11.2016
7012
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2 oy davomida yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkaziladi

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda 10 noyabrdan boshlab yong‘in xavfsizligi kunlari boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lum qilgan.

Hukumat rahbarining 7 noyabr kungi qaroriga asosan, mazkur kunlar 2017 yilning 10 yanvariga qadar, ya'ni 2 oy davom etadi.

Yong‘in xavfsizligi kunlaridagi asosiy vazifa — iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga oid korxonalar, shuningdek, turar-joy binolarini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan yoki portlash hamda yonish ehtimoli yuqori bo‘lgan binolarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqishdan iboratdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid