Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba mamlakatning butun hududi bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qildi
Kuba hukumati mamlakatning butun hududida qo‘shinlarning tayyorligini tekshirish maqsadida 5 kunlik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qildi. Bu haqda Granma nashri xabar bergan.
Nashrning ta'kidlashicha, ushbu mashg‘ulotlardan maqsad "milliy va hududiy mudofaaga javobgar boshqaruv idoralari va qo‘mondonliklarni davlatning mudofaa qobiliyatini oshirish manfaati yo‘lida, qo‘shinlar va aholini dushmanning turli harakatlariga qarshi kurashishini tashkillashtirish maqsadida mashq qildirishdan" iborat.
Kuba hukumati bu mashg‘ulotlarni Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib bo‘lgani bilan bog‘liq emasligini aytdi. Biroq shu tasdiqqa qaramay, taktik mashg‘ulotlar va manyovrlar haqidagi xabar AQShda ovoz berish natijalari tasdiqlanishi bilan bir vaqtda tarqatildi.
Kuba odatda AQSh bilan munosabatlarda taranglik avjiga chiqqanda e'lon qiladigan "Bastion" nomli mashg‘ulotlarini 7-marotaba o‘tkazadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu mashg‘ulotlar birinchi marta 1980 yilda prezidentlik saylovlarida Ronald Reygan g‘alaba qilganda o‘tkazilgan.
Tramp o‘z saylovoldi kampaniyalaridan birida Barak Obama tomonidan boshlangan Kuba bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonini chappasiga o‘girib yuborishga va'da bergandi.
Kuba inqilobiy qurolli kuchlari e'lonida ko‘rsatilishicha, mamlakat armiyasi, ichki ishlar vazirligi, boshqa kuch tuzilmalari mashg‘ulotlarni 16-20 noyabr kunlari amalga oshirishadi.
Mamlakat fuqarolari mashg‘ulotlar "qo‘shin va harbiy texnika ko‘chirilishi, harbiy aviatsiya parvozlari va zarurat bo‘lganda portlashlarni" o‘z ichiga olishidan ogohlantirilganlar.
Mavzuga oid
11:07
Tramp Kubani «do‘stona egallab olish» haqida gapirdi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
18:57 / 26.02.2026
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
08:42 / 26.02.2026