Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Akorda.kz
Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Koreya respublikasiga tashrif buyurib, davlat rahbari Pak Kin Xe bilan muzokaralar o‘tkazgan. Qozog‘iston yetakchisi koreyalik tadbirkorlarga Qozog‘iston yo‘llaridan foydalanishni taklif etdi, deb xabar qilmoqda Akorda matbuot xizmati.
Davlat rahbarlari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning turli masalalarini muhokama qilishgan. Bunda, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik sohalarga e'tibor qaratilgan.
Nazarboyev Qozog‘iston Xitoyning Tinch okeani sohillaridagi Lyanyungan portida o‘z terminalini qurib bitkazganini ta'kidlab, yuk tashishda Qozog‘iston yo‘llaridan foydalanishni taklif qilgan.
Mavzuga oid
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
22:00 / 17.04.2026