Şu kunlarda milliy qonunçilikka hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir asosiy tadbirlar dasturiga muofiq barça saylov okruglarida faollik bilan mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqeaga tayyorgarlik körilmoqda.
Hozirgi vaqtda uçastka saylov komissiyalari saylovçilar röyxatini tuziş böyiça işlar olib bormoqda. Har bir mamlakatning saylovga doir qonun hujjatlari öziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Saylovçilarni röyxatga oliş masalasi ham ana şunday jihatlardan biridir.
“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonunning 8-moddasida saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoşga töladigan, tegişli saylov uçastkasi hududida doimiy yoki vaqtinça istiqomat qilib turgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari saylovçilar röyxatiga kiritiliş huquqiga egadirlar deb belgilab qöyilgan. Bu fuqarolarning kelib çiqişi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga bölgan munosabati, bilimi turi va xususiyatidan qat'i nazar ularning teng saylov huquqlarini ta'minlaşga xizmat qiladi.
Xalqaro amaliyotda saylovçilarni röyxatlarga kiritişning turli şakllaridan foydalaniladi. YeXHT DIIHBning xalqaro saylov standartlari va saylovni kuzatişga doir hujjatlariga muvofiq saylovçilar röyxatlarini tuzişning ikki xil tizimi mavjud. Birinçisi – röyxatga kiritişning faol (xabardor qiluvçi) tizimi. Bunda fuqarolar özlarini saylovçilar sifatida röyxatlarga kiritilişi haqidagi iltimos bilan murojaat qilişlari lozim.
Ikkinçi, ya'ni passiv tizimga köra saylovçilar röyxati aholi reyestri yoki fuqarolar reyestri yoxud hisobga olişning boşqa şakllari asosida avtomatik tarzda tuziladi.
Saylovçilarning töliq, oçiq-oşkora va aniq reyestri ta'minlansa, u tizim ham, bu tizim ham maqbul tizimlar hisoblanadi.
Bizning milliy qonun hujjatlarimiz xalqaro normalar bilan e'tirof etilgan fuqarolarni saylovçilar röyxatlariga kiritişning passiv tizimiga, ya'ni majburiy tizimiga asoslanadi. Biroq bu saylovçilarning saylovda iştirok etişi majburiyligini anglatmaydi. Zero saylovçining saylovda iştirok etişi uning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Fuqarolarning saylovda iştirok etişi yoki iştirok etmasligi ixtiyoriydir. Ayrim mamlakatlarda saylovga kelmaganlik uçun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilganligini hisobga olsak, bizning milliy saylov qonunçiligimiz demokratik prinsiplarga naqadar mos kelişini guvohi bölamiz.
Saylovçilarning aniq va töğri röyxatini tuziş böyiça YeXHT DIIHBning xalqaro saylov standartlarida belgilangan talablarga, şuningdek Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2015 yil 3 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça uçastka saylov komissiyalari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Nizomga muvofiq tegişli hududda yaşovçi saylovçilar haqida ma'lumotlar olingandan söng uçastka saylov komissiyasi uyma-uy aylanib çiqiş orqali hokimliklardan olingan saylovçilar töğrisidagi ma'lumotlarning töğriligini tekşiradi. Uçastka saylov komissiyasi tomonidan bunday tadbirning ötkazilişi saylovçilar röyxatining töğri va aniq tuzilişiga kömaklaşişi şubhasiz.
Bunday tizim amaliyotda barça saylovçilarni qamrab oladi, ularning xohiş-irodasi ifodalanişini ta'minlaydi, saylovni ötkaziş çoğida ma'lumotlar qalbakilaştirilişining va suiste'mol qilişning oldini oliş imkonini beradi. Axir har bir saylovçi şaxsan özi ovoz beradi va boşqa şaxslar uçun ovoz berişi mumkin emas. Saylovçi byulleteni röyxatga kiritilgan saylovçiga Özbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini yoki şaxsini va yaşaş joyini tasdiqlovçi boşqa hujjatni körsatganda beriladi. Har bir saylovçi saylovçilar röyxatidagi öz familiyasining qarşisiga imzo qöyib, saylovçi byulletenini olganligini tasdiqlaydi. Bundan taşqari, saylovçilar röyxatining tuzilişi keyinçalik ovozlarni aniq hisoblaş va saylovning haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligini, şuningdek umuman mamlakat va okruglar böylab saylovçilarning aniq sonini aniqlaş imkonini beradi. Ma'lumki, agar saylovda saylovçilar röyxatlariga kiritilgan saylovçilarning 33 (öttiz uç) foizidan kamroq qismi iştirok etsa, saylov ötkazilmagan deb hisoblanadi.
Saylovçilar byulletenlari sonini aniqlaşda hamda ularni okruglar va uçastkalar böyiça taqsimlaşda röyxatga kiritilgan saylovçilar soni haqidagi ma'lumotlar katta ahamiyatga ega.
Şuni alohida qayd etiş lozimki, saylovçilar röyxati, eng avvalo, fuqarolar saylov huquqlarining töliq amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida tuziladi. Ovoz beriş huquqiga ega har bir fuqaro röyxatga kiritilmagan bölsa, notöğri kiritilgan bölsa uçastka saylov komissiyasidan uni saylovçilar röyxatiga kiritişni yoki röyxatdan çiqarib yuborişni talab qilişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan şaxsga özini himoya qiliş uçun barça şaroitlar ta'minlab beriladi. Şundan kelib çiqqan holda 2015 yil 29 dekabr kuni saylov töğrisidagi qonunga özgartişlar kiritildi. Uşbu özgartişlarga köra ovoz beriş qamoqda saqlaş joylarida ham taşkil etilişi mumkin. Bu fuqarolar huquqlarining amaliyotda töliq röyobga çiqarilişiga kömaklaşadi. “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq saylovçilarning röyxatlari saylovdan ön beş kun oldin, Özbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam oliş uylarida, kasalxonalar va boşqa doimiy işlaydigan davolaş muassasalarida, olis va boriş qiyin bölgan joylarda, qamoqda saqlaş joylarida tuzilgan saylov uçastkalarida esa saylovdan ikki kun oldin hammaning tanişib çiqişi uçun taqdim etiladi.
Şunisi e'tiborliki, fuqarolarga uçastka saylov komissiyasi xonasida saylovçilar röyxati bilan tanişib çiqiş va röyxat töğri tuzilganligini tekşiriş imkoniyati beriladi.
Şuningdek har bir fuqaroga röyxatda körsatilgan özi haqidagi ma'lumotlar bilan boğliq noaniqliklar ustidan şikoyat qiliş huquqi beriladi. Bu masala böyiça arizalar uçastka saylov komissiyasi tomonidan körib çiqiladi. Uçastka saylov komissiyasi arizani yigirma tört soat içida, saylov arafasida va saylov kuni esa darhol körib çiqişi, röyxatga zarur tuzatişlar kiritişi yoxud ariza beruvçiga uning talabi rad etilganligi haqidagi asosli qarorning nusxasini berişi şart. Komissiya qarori ustidan saylovdan uç kun avval tuman (şahar) sudiga şikoyat qiliş mumkin. Tuman (şahar) sudi şikoyatni yigirma tört soat içida körib çiqişi şart. Tuman (şahar) sudining qarori yakuniy qaror hisoblanadi. Sud qaroriga muvofiq saylovçilar röyxatiga uçastka saylov komissiyasi tomonidan darhol tuzatiş kiritiladi.
Demak, saylovçilar röyxatini oçiq-oşkora tuziş böyiça amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qöyilgan tartib amaliyotda fuqarolar xohiş-irodasi töliq ifodalanişini ta'minlabgina qolmay, balki mamlakatimizda har bir fuqaroning ovozi muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Abdumannob RAHIMOV,
Özbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining
katta eksperti










