Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga tegishli "Tramp-tauer" binosi kuchaytirilgan nazoratga olindi
Foto: tmz.com
AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampning bosh qarorgohi joylashgan Nyu-Yorkdagi "Tramp-tauer" osmono‘par binosi politsiya tomonidan 20 yanvargacha kuchaytirilgan nazoratga olindi. Aynan shu kuni Tramp o‘zining yangi lavozimiga rasman o‘tiradi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp ketidan bino ichida kuzatuv olib boradigan maxfiy xizmat agentlari tayinlandi. Yana 30 politsiyachi binoning butun perimetri bo‘yicha kun bo‘yi navbatchilik qiladi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday choralar Tramp g‘olib bo‘lgani e'lon qilingandan keyin unga tegishli bino atrofida namoyishchilar yig‘ila boshlagandan keyin ko‘rilgan.
AQSh prezidentligi saylovlaridan bir kun oldin bino oldida qum ortilgan yuk mashinalaridan katta to‘siq qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025