Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning AQShga musulmonlar kirishi taqiqlanishi bo‘yicha pozitsiyasi yuzasidan izoh berildi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning vakili Stiven Cheng ma'lum qildiki, Tramp Qo‘shma Shtatlarga barcha musulmonlarning ham kirishini taqiqlashga chaqirmaydi. USA Today nashrida yozilishicha esa, saylovoldi kampaniyasi veb-saytidagi chaqiruv «total taqiqlash»ga chaqirgandi.
«Biz hech qachon barcha musulmonlarni kiritishni taqiqlamoqchi bo‘lgan emasmiz», — degan Cheng nashr maktubiga javoban.
Qayd etilishicha, Trampning musulmonlar immigratsiyasi bo‘yicha pozitsiyasi keyingi oylarda mavhumligicha qolmoqda edi. Vitse-prezidentlikka saylangan Mayk Pens ham Tramp musulmonlarni AQShga qo‘ymaslik haqidagi taklifidan voz kechganini ma'lum qilgandi.
Tramp shtabi esa Pensning bu bayonotini inkor qildi. Xabar qilinishicha, shtab Tramp «terrorizmni eksport qiluvchi mamlakatlardan keluvchi muhojirlar oqimini vaqtinchalik to‘xtatishni rejalashtirgani» haqida qattiq turib ta'kidlamoqda. Lekin hozircha qat'iy tekshiruvlar o‘tkazish tartibi belgilanmagan. Umuman olganda u tekshiruvlarni qat'iylashtirmoqchi.
Bundan oldinroq Trampning saytidan uning aksilmusulmon dasturi vaqtinchalik yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025