08:52 / 12.11.2016
7782

12 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

11 noyabr tuni va 12 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

"Uralskiye avialinii" aviakompaniyasi Chelyabinskdan Toshkentga parvozlarni amalga oshirishni boshladi


Foto: via.pro

11 noyabrdan Rossiyaning Urali aholisi "Uralskiye avialinii" aviakompaniyasining Chelyabinsk-Toshkent reysidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

>>>  Batafsil.

The Financial Times virtual qabulxona ishiga baho berdi


Foto: Sputnik

Buyuk Britaniyaning The Financial Times gazetasida "O‘zbekiston: elektron hukumat vakillik demokratiyasi va davlat shaffofligini oshirishni ta'minlaydi" sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

>>>  Batafsil.

Myanmada osmondan yerga noma'lum metall jism tushdi


Foto: YANNAING PYI SONE AUNG

Myanma sharqidagi nefrit olinuvchi karerga osmondan noma'lum metall jism tushdi, deb xabar bermoqda mamlakat OAV.

 >>>  Batafsil.

Ku-kluks-klan Tramp g‘alabasi sharafiga parad o‘tkazadi

Amerikadagi ultrao‘ng tashkilot bo‘lmish Ku-kluks-klan (KKK) Tramp prezident saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan Shimoliy Karolinada parad o‘tkazmoqchi.

 >>>  Batafsil.

Los-Anjyeles aeroportida Airbus A380 samolyoti shatakka oluvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi

11 noyabrda Los-Anjyeles aeroportida Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A380 yo‘lovchi samolyoti shatakka oluvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi.

>>>   Batafsil.

Vashingtondagi ko‘priklardan birida Obama haqqiga haqoratli so‘zlar yozilgan banner paydo bo‘ldi


Foto: Twitter @LeroyLovesUS

AQSh poytaxti – Vashingtondagi Arlington yodgorlik ko‘prigida faollar o‘z lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti Barak Obamaning tasviri tushirilgan va "Alvido, qotil" degan yozuv bo‘lgan katta bannerni ilib qo‘yishdi.

>>>  Batafsil.

Ukraina TIV Polsha hukumatiga norozilik notasi kiritdi


Foto: Reuters

Polsha poytaxti Varshava shahrida 100 ming nafarga yaqin millatchilik kayfiyatida kishilar namoyish o‘tkazishdi.

>>>  Batafsil.

Xillari Klintonning qizi kongressga a'zo bo‘lmoqchi


Foto: © AP

Yaqindagina AQShda o‘tgan prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Xillari Klintonning qizi Chelsi Klinton AQSh kongressining vakillar palatasi a'zosi bo‘lishni rejalashtirmoqda.  

>>>  Batafsil.

Tramp saylovlardan keyingi ilk intervyusini berdi


Foto: WSJ

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyingi birinchi intervyusini berdi.

>>>   Batafsil.

Hayratlantiruvchi Osiyo: osiyolik yigit uch metrlik kobraga uylandi


twitter.com

Janubiy osiyolik yigit kobra bilan nikoh qurishga qaror qildi.

>>>  Batafsil.

Ummonlik baliqchilar 3 million dollarlik ambra bo‘lagini topishdi


Foto: indianexpress.com

Ummonlik uch nafar baliqchi 80 kilogramm vaznga ega ulkan ambra bo‘lagini to‘rga tushirishdi.

>>>   Batafsil.

Xitoy koinotga Yunhai-1 meteorologik yo‘ldoshini uchirdi


© AP Photo/Xinhua, Qian Xian'an, arxiv

Xitoy koinotga Yunhai-1 meteorologik yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi.

>>>   Batafsil.

Polshalik fanatlar Buxarestda ko‘cha janglariga kirishdi

Ruminiya va Polsha terma jamoalarining Buxarestdagi o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Goal internet-nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilgi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

>>>  Batafsil.

Top