AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp 8 noyabrda bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan keyingi birinçi intervyusini berdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.
Trampning aytişiça, endilikda uning vazifasi, ançagina keskin ruhda bölib ötgan saylovoldi kampaniyasi va saylanganidan norozi bölganlarning namoyişlaridan söng, mamlakatni birlaştirişdir.
«Men fuqarolari bir-birini yaxşi köruvçi mamlakatni körişni xohlayman», — degan Tramp.
Şu bilan birga, saylovoldi kampaniyasi çoğida Tramp öz sözlarida haddan ortiq qöpollaşib ketmadimi?, degan savolga yangi prezident: «Yöq, men ğalaba qozondim», - deya javob qaytargan.












