Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeki Chan faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi
Xitoylik mashhur aktyor Jyeki Chan 12 noyabrda Los-Anjyelesdagi tantanali marosimda faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, "Oskar" mukofoti komissiyasi aktyorni kinematograf rivojlanishiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun taqdirlashga qaror qildi.
Aktyor 100 dan ko‘proq filmlarda suratga tushgan, ulardan ko‘pida ham rejissyor, ham prodyuser, ham ssenariynavis va qo‘shiqchi sifatida ishtirok etgan.
Kinematografdagi ulkan xizmatlari uchun "Oskar" mukofoti 1948 yilda joriy qilingan.
Avvalroq Chan Moskvaga tashrif buyurib, Xitoy kinosi festivali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu festivalda boshqa filmlar qatorida Chan bosh rol ijro etgan va rejissyorlik qilgan "Iz ortidan" filmi taqdim qilingan. Rossiya telekanallaridan biri tashrif chog‘ida Changa bir quti muzqaymoq sovg‘a qilgan. Chan bunga javoban hech qanday parhezlarga amal qilmasligini va o‘zini bu shirinlik bilan tez-tez xursand qilib turishini tan olgan.
Mavzuga oid
15:24 / 19.03.2026
RF Talankinning filmi yuzasidan “Oskar” tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qildi
12:45 / 16.03.2026
«Jang ortidan jang» va «Janob Hech kim Putinga qarshi». «Oskar»ning barcha g‘oliblari
09:11 / 16.03.2026
“Janob Hechkim Putinga qarshi” filmi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
16:27 / 02.02.2026