Yanvar oyi oxirida, nomzodlar röyxati e’lon qilinganidayoq ğoliblik uçun asosiy kuraş «Gunohkorlar» (16 nominatsiya) va «Jang ortidan jang» (13 nominatsiya) filmlari örtasida keçişi ma’lum edi.

Yakunda «Jang ortidan jang» (One Battle After Another) jami 6 ta «Oskar»ga sazovor böldi, bular orasida eng yaxşi film va rejissyorlik uçun ğoliblik ham bor, «Gunohkorlar» esa törtta nominatsiyada ğolib çiqdi, jumladan, eng yaxşi erkak roli uçun sovrin şu film ijroçisiga berildi.

Pol Tomas Anderson uçun uzoq kutilgan «Oskar»

Pol Tomas Anderson
Foto: Kevin Winter/Getty Images

«Jang ortidan jang» rejissyori Pol Tomas Anderson bunga qadar 14 marta asosiy kinomukofot uçun nomzod bölgan, ammo biror marta ğalabaga erişmagandi. Anderson öz faoliyati davomida «Bugi uslubidagi tun», «Magnoliya» va «Neft» kabi filmlarni suratga olgan, bu filmlar uçun kinotanqidçilarning yuksak maqtovlariga hamda köplab xalqaro mukofotlarga sazovor bölgandi.

Bu safar Pol Tomas Anderson birdaniga ikki statuetkani qölga kiritdi – eng yaxşi rejissyor sifatida va moslaştirilgan ssenariy muallifi sifatida.

Uning filmi – söl radikal aktivist (Leonardo di Kaprio) va irqçi polkovnik (Şon Penn) örtasidagi qarama-qarşilik orqali ifodalangan ğoyalar inqirozi haqida. Tanqidçilar bu kartinani Andersonning boşqa bir filmi, öz vaqtida «Oskar»ga nomzod bölgan, ammo ğolib çiqolmagan «Neft» filmi bilan taqqoslaşadi.

Leonardo di Kaprio va Benisio del Toro Tomas Pol Andersonni tabriklamoqda

Bu filmda irqçi polkovnik rolini öynagan Şon Penn «Ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak aktyor» sifatida taqdirlandi. Uşbu aktyor bungaça «Sirli daryo» (2003) va «Harvi Milk» (2013) filmlaridagi ijrosi orqali ikkita «Oskar» olgandi.

«Jang ortidan jang» «Eng yaxşi montaj» va «Eng yaxşi kasting» nominatsiyalarida ham ğoliblikni qölga kiritdi.

«Gunohkorlar» va «Gamnet»