Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş “Oskar” mukofotini olgan “Janob Heç kim Putinga qarşi” (Mr. Nobody against Putin) hujjatli filmi yaratuvçilarini voyaga yetmaganlar huquqlarini buzganlikda ayblab murojaat qildi. Bu haqdagi tegişli xatlar “Oskar” taşkiliy qömitasiga va YuNeSKO boş kotibi Xolid al-Ananiyga yuborilgani haqida kengaş 18 mart, çorşanba kuni Telegram orqali ma’lum qildi.
Kengaşning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik böyiça doimiy komissiyasi murojaatida aytilişiça, filmda qöllangan videomateriallar Rossiyadagi ta’lim muassasasida uning xodimi tomonidan “ta’lim jarayoni doirasida foydalaniş uçun” suratga olingan bölib, ularda bolalar tasvirlari aks etgan. Hujjatda ta’kidlanişiça, keyinçalik bu materiallar uçinçi şaxslarga tijorat maqsadlarida berilgan va keng xalqaro miqyosda tarqatilgan.
Kengaş bayonotiga köra, videomateriallar uşbu bolalarning ota-onalari roziligisiz va “ta’lim muhitida dastlab suratga olingan bunday materiallardan foydalanişning çeklangan xususiyati inobatga olinmasdan” işlatilgan. Murojaat mualliflari bunday harakatlar BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasini hamda “voyaga yetmaganlar tasviri mavjud materiallar bilan etik munosabatda bölişning umume’tirof etilgan tamoyillari”ni buzişini ta’kidlamoqda.
Kengaş a’zolari, şuningdek, Pavel Talankin filmida iştirok etgan bolalarning ota-onalari va qonuniy vakillari Rossiyaning vakolatli organlariga murojaat qilganiga ham e’tibor qaratdi. Ular “Oskar” taşkiliy qömitasi va YuNeSKOni filmni işlab çiqiş va tarqatiş jarayonida bolalar huquqlariga rioya etilgan-etilmaganini tekşirişga çaqirdi.
Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, kengaş fikriça, “uşbu asar akademiya tomonidan mukofot berişda qöllanadigan axloqiy va huquqiy standartlarga qançalik mos kelişi masalasini körib çiqiş” zarur. Murojaatda şunday deyiladi: “Bolalar huquqlarini himoya qiliş xalqaro huquq tomonidan tan olingan umuminsoniy qadriyatdir va u siyosiy yoki boşqa holatlarga boğliq bölişi mumkin emas”.

Rossiya maktablaridagi harbiy tarğibot haqida hikoya qiluvçi “Janob Heç kim Putinga qarşi” hujjatli filmining hammualliflaridan biri sobiq maktab öqituvçisi Pavel Talankin bölgan. Film asosini u 2022 yil fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan beri Çelyabinsk viloyati Karabaş şahridagi maktablardan birida suratga olgan videolavhalar taşkil etgan. Talankinning vazifalari qatoriga saflanişlar, tanlovlar va oçiq darslar kabi tadbirlarni tasvirga oliş kirgan.









