Borenşteyn uşbu kartinani mamlakatni qanday yöqotiş mumkinligi haqidagi film deb atadi.

“Biz bu kadrlar ustida işlaganimizda, mamlakatni sanoqsiz mayda-mayda şeriklik harakatlari orqali yöqotiş mumkinligini kördik. Ammo baxtga qarşi emas, hatto ‘heçkim’ ham siz öylagandan ança kuçliroq bölişi mumkin”, — dedi u.

Talankin esa sahnadan turib, “barça uruşlarni töxtatiş”ga çaqirdi.

“Tört yildan beri biz yulduzli osmonga qarab, eng muhim tilakni tilayapmiz. Juda muhim tilakni. Ammo şunday mamlakatlar borki, u yerda osmondan yulduzlar örniga bombalar tuşadi va dronlar uçib keladi. Kelajagimiz uçun, barça bolalarimiz uçun, keling, barça uruşlarni töxtataylik. Hozirning özida”, — dedi u.

Film asosiga Çelyabinsk viloyatining Karabaş şahridagi maktablardan birida pedagog-taşkilotçi bölib işlagan Talankin tomonidan 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan buyon suratga olingan videoyozuvlar qöyilgan.

Talankinning vazifalari qatoriga saflaniş tadbirlari, tanlovlar va oçiq darslar kabi tadbirlarni tasvirga oliş ham kirgan. 2024 yil yozida Talankin ikki yil davomida suratga olgan materiallari bilan Rossiyani tark etdi, şundan söng u uşbu işni amerikalik rejissyor Borenşteyn bilan hamkorlikda montaj qildi.

Film premerasi 2025 yil 25 yanvar kuni AQŞdagi mustaqil kinoning “Sandens” festivalida bölib ötdi va u yerda maxsus hakamlar hay’ati mukofotini qölga kiritdi. 22 fevral kuni Londonda bölib ötgan Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasi (BAFTA) mukofotining 79-marosimida “Janob Heçkim Putinga qarşi” filmi “eng yaxşi hujjatli film” deb topildi.

DW’ga bergan intervyusida Talankin, maktabda pedagog-taşkilotçi sifatida uruş boşlanganidan keyin maktab ritorikasi qanday özgarganini qayd etib borganini, 24 fevraldagi şok holatini, ta’lim vazirligidan kelgan körsatmalarni hamda tört yil içida Rossiya maktablarida muhit qanday özgarganini sözlab berdi.