Jamiyat | 09:56 / 13.11.2016
9124
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada Trampga o‘xshaydigan taniqli bosh oshpazni do‘pposlab ketishdi

Foto: Facebook/Anders Vendel

Shvetsiyadagi restoranlardan birining bosh oshpazi Anders Vendel Donald Tramp deb qabul qilinib do‘pposlanib ketildi.

Vendel bu haqda politsiyaga xabar bergan, deb ma'lum qildi RT.

Vendelning aytishicha, musulmon ko‘rinishidagi 25-35 yoshli uch erkak unga tashlanib, uni do‘pposlab ketgan. Ta'kidlanishicha, haqiqatan ham oshpazning tashqi ko‘rinishida Trampga o‘xshashlik jihatlari bor.

Vendel Shvetsiyada taniqli bosh oshpaz, restoran egasi va teleyulduz hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid