Eng kichik va hamyonbop 3D-printer namoyish qilindi (suratlar+video)
Bugungi kunda 3D-printerning qimmatligi sabab, uning asosiy ustunliklarini baholashning uddasidan hamma ham chiqavermaydi, biroq xitoylik ishlab chiqaruvchilar yordamga kelib, ixcham yuz dollarlik PocketMaker 3D-printerini yaratishdi. Uni istagan joyingizga o‘zingiz bilan birga olib ketishingiz mumkin. Bu haqida indiegogo.com'da xabar berildi.
Uskuna tomonlari - 8 santimetr, vazni - 850 gramm, shakli - to‘g‘ri kub. Printer oq, pushti, havorang va sariq rangdagi PLA va ABS iplari yordamida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi firma ilovasida shaxsiy 3D-modelini chizishi yoki tayyor maketlar bazasidan qo‘llashi mumkin. U ochiq kodga ega bo‘lib, Android, IOS, Windows va Mac OS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchilar PocketMaker'ning hajmiga qaramay, chop etilgan mahsulot sanoat printeridan qanday chiqqan bo‘lsa, shunday bo‘lishiga va'da berishmoqda. Yagona farqi, unda katta obektlarni yaratib bo‘lmasligida.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023