Sport | 21:26 / 14.11.2016
10119
3 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada kun yangiligiga munosabat: «Messini «Real» o‘rinbosarlari safida kutamiz»

Madridda joylashgan Marca nashri Messining «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmasligi haqidagi xabarga internet foydalanuvchilari turlicha fikrlar bildirib o‘tishgan. Ko‘pchilik bu xabarga kinoya bilan munosabat bildirgan.

Quyida eng sara fikrlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

— Ha, Messi bu haqda aytish uchun Marca jurnalistlarini bitta joyga yiqqan

— Shunchaki Messi «Granada»ga o‘tib, sovrinlar yutishni boshlamoqchi.

— Bu Marca axir. Ertaga ular gap «Barselona» bilan shartnoma haqida emas, aloqa operatori bilan tuziladigan shartnoma haqida borayotganini tushuntirishga o‘tadi.

— Messini «Real»ning o‘rinbosarlar tarkibida kutamiz. Edegor bilan orzular juftligini tashkil qilishadi.

— Rostan ham, Marca, bas qilsangchi. Sportga, jurnalistikaga, bizga behurmatlik qilishni to‘xtat.

— Bu shunchaki Marca. Shunchaki.

— Agar bu rost bo‘lsachi? Unda «Barselona» uchun hammasi tamom.

— Iltimos, eslatib yuboringlar bu o‘sha 17 yoshidan buyon har yili yangi bitta klubga o‘tishi aytiladigan Messimi?

— Triller mualliflaridan navbatdagi asar Grizmann «Atletiko»dan ketadi: Messi «Barselona»dan. Nimaga ular aynan derbi va «klasiko» oldidan shunaqa ertaklar to‘qishadi, tasodifmi?

— Marca, de Xea bilan ishlar qalay, ancha bo‘ldimi u «Real»ga o‘tganiga?

— Messi bir umr «Barselona»da qoladi. Uning qulay joydan ketishi dargumon

— … endi esa jiddiy xabarlarga o‘tamiz.

— Kelib chiqyaptiki, gazetada Messining oilasidan shaxsiy manba berib turuvchi vakili bor.

— Yangi shartnoma tuzmagani bu yangilikmi?  Marca uchun – ha!

— «Real» muxlisiman, ammo umid qilamanki bu haqiqat emas. Messisiz chempionatimizni tasavvur qila olmayman.

— Madridliklar orzu qilishmoqda...

Eslatib o‘tamiz, As nashri bergan xabarga ko‘ra, Messining shartnomasini uzaytirmayotganiga «Barselona»ning moliyaviy feyr-pley talablaridan chiqib ketishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Unda oylik maosh klub daromadining 65 foizidan oshib ketmasligi lozim deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid