Jahon | 07:30 / 14.11.2016
4381
1 daqiqa o‘qiladi

Moldovadagi prezidentlik saylovlarida nomzodlardan biri o‘z g‘alabasini e'lon qildi

Foto: © RIA

Moldova Sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon mamlakat prezidenti saylovlarining 2-bosqichida g‘alaba qozonganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Ishonch bilan aytishim mumkinki, biz bu prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondik. Okean ortida ovoz berish davom etmoqda. Ayni vaqtda biz 50 foiz+1 ovoz to‘pladik. Biz g‘alaba qildik", deb aytgan Dodon.

Ta'kidlanishicha, Dodon Rossiya bilan strategik hamkorlikni tiklamoqchi. U Moldova mahsulotini Rossiya bozoriga qaytarmoqchi hamda energetika sohasidagi hamkorlikni normallashtirmoqchi.

Avvalroq Dodon 68,96 foiz ovoz hisob-kitob qilingandan keyin 58,1 foiz ovoz to‘plagani ma'lum qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid