Jahon | 22:02 / 14.11.2016
16716
2 daqiqa o‘qiladi

Obama va Bayden memlari internet xitiga aylanmoqda

Respublikachi-milliarder Donald Tramp va Mayk Pens yaqin orada Oq uyga ko‘chib o‘tishadi. Biroq ularning saylovlardagi g‘alabasi fonida AQSh prezidenti Barak Obama va mamlakat vitse-prezidenti Jo Baydenning memlari internet xitiga aylanib bormoqda. Bu haqida Borepanda nashri xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Obama va Baydenning suratlarini chop etib, ularga yangi saylangan davlat rahbari bilan bog‘liq o‘ylab topilgan dialoglarni qo‘shishmoqda. 

Memlarning aksariyati Baydenning Tramp "ustidan kulishi"ga, Obamaning esa uni to‘xtatishga "urinishi"ga bag‘ishlangan. 

Suratlardan biri ostida shunday dialog berilgan: 


Bayden: Men barcha ko‘zgularni olov rangga bo‘yadim.
Obama: Nima?
Bayden: U o‘zini ko‘ra olmaydi.
Obama: Jo...
Bayden: U o‘zini vampir deb o‘ylab qoladi.

Obama And Biden


Yana bir ajoyib memlardan biri ko‘pchilikka manzur bo‘lgan ko‘rinadi. Unda Obama Baydenga "Tramp bizning keyingi prezidentimiz", deb aytadi. U esa bunga javoban cho‘qinib qo‘yadi. 


Bu memga qaraganda,  Bayden Trampning ma'muriyatiga Oq uydagi Wi-Fi kodini aytish niyati yo‘q. Obama uni fikrdan qaytarmoqchi bo‘lib og‘iz juftlaganida, Jo "Men aytadiganimni aytib bo‘ldim", deydi qat'iyat bilan. 


Memlardan birida Bayden Obamaga idorada Meksika bayrog‘ini chizishni rejalashtirayotgani aytadi. Obama "Yo‘q, Jo", desa, Bayden "Men allaqachon rasmga buyurtma berib bo‘lganman", deya javob qaytaradi. 

 

Mavzuga oid