Jahon | 09:23 / 14.11.2016
7199
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp IShIDga qarshi rejasini sir tutadi

Foto: © RIA

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z rejasini sir tutish niyatida. U SBS telekompaniyasiga bergan intervyusida shunday bayonot berdi

Tramp guruhni yo‘q qilish uchun qo‘llamoqchi bo‘lgan strategiyani e'lon qilishni keskin rad etgan. Shu bilan birga, AQShning bo‘lajak rahbari qayd etishicha, Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish amaliyoti qiyin kechmoqda, chunki Oq uy harbiy amaliyoti xususida avval oshkor qilib qo‘ygan edi. 

Respublikachi, shuningdek, uning rejasi Amerika quruqlidagi kuchlaridan foydalanishni nazarda tutayotganiga ham oydinlik kiritishni istamagan. "Men hech narsa demayman. Men ularga hech narsa demoqchi emasman. Men hech kimga hech narsani aytishni xohlamayman", - deb ta'kidlagan Tramp. 

Yangi prezidentning aytishicha, hozircha u, Amerika harbiylaridan boshqa hech kimga bu boradagi o‘z fikrlarini bildirmoqchi emas. "Men bu ishni qilmoqchiman. Bizlarning ajoyib generallarimiz bor", - deb qo‘shimcha qilgan Tramp. 

So‘nggi oylarda Tramp IShIDga qarshi rejalarini oshkor qilishni rad etgan edi. U AQShning amaliyotlari qanday bo‘lishidan terrorchilarni ogohlantirish niyati yo‘qligini vaj qilgandi. Milliarder raqiblari esa, shu sababli, Trampning bu borada aniq strategiyasi yo‘qligini da'vo qilishgan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid