Sport | 19:16 / 15.11.2016
18393
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyiga qarshi aksiya boshlandi

Foto: O‘FF matbuot xizmati

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati saralashining 3-bosqichida Janubiy Koreyaga qarshi muhim o‘yinni boy bergach, terma jamoa muxlislari "g‘azabga mindi".

O‘yin yakunlanishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, tvitterda muxlislar terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanni iste'foga chiqarishni talab qilgan holda o‘ziga xos fleshmob boshladi.

Ayni vaqtda o‘nlab tvitter foydalanuvchilari o‘z niklarini "BABAYAN OUT" qilib o‘zgartirgan holda, bu murabbiyning iste'fosini so‘rab tvitlar qoldirmoqda.

Tvitlarga #babayanout heshtegi qo‘shib yozilmoqda.

"Qani, hamma nikneymini 
BABAYAN OUT qivosin-chi?! )"

"Bugunoq SVBning pattasi qo‘liga tutqazilishi kerak. Yaxshiroq murabbiy bu futbolchilardan ham kuchli jamoa tuza oladi. 1-bo‘limda ko‘rdik", deyilgan tvitlardan birida.

"Muhabbatning ko‘zi ko‘r deganlari rostda. Bo‘lmasa Babayan Lobanovning shu qornini ko‘rmagan, deysizmi".

"Lobanovni ketkazishni emas, Babayandan qutulishni yo‘lini o‘ylash kerak, shunda termadagi ortiqcha futbolchilar o‘z-o‘zidan daf bo‘ladi".

"Babayan boshchiligida har qanday jamoaga muxlislik qilmayman bundan buyog‘iga. MTJ bo‘lsada..."

"Murabbiyni chet eldan op-ke-lish kerak! Nima 52 millionlik Koreyada, 1,4 milliardlik Xitoyda mahalliy murabbiy yo‘qmi?!".

Futbol muxlislari va sport jurnalistlari milliy terma jamoa bosh murabbiyi masalasini muhokama qilishmoqda

Mavzuga oid