Jahon | 08:27 / 16.11.2016
5587
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Nazarboyev Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi va Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.   

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi

"Xalqaro kun tartibining muhim muammolari, shu jumladan Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi. Qozog‘iston prezidenti yaqinda Yaponiyaga uyushtirgan safari haqida so‘zlab berdi", deb aytildi xabarda. 

Bundan tashqari, tomonlar bo‘lg‘usida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama aloqalar jadvalini kelishib oldilar.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid