Iqtisodiyot | 15:16 / 16.11.2016
6479
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston uch yilda 916 million dollarlik qarz olmoqchi

Foto: © Fotolia

Tojikiston parlamenti 2017-2019 yillar uchun tashqi qarzlar dasturini qabul qildi. Mamlakat 916 million dollar olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Tojikistonning nm.tj portali xabar berdi. 

"Tojikiston parlamenti 2017-2019 yillar uchun tashqi qarzlar dasturini qabul qildi. Oldindagi uch yil ichida mamlakat 916 million dollar miqdoridagi tashqi qarz olishni rejalashtirmoqda", - deyiladi xabarda. 

O‘z navbatida, Tojikiston moliya vaziri Abdusal Qurboniyonning ta'kidlashicha, bu zayom va kreditlar qishloq xo‘jalik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, energetika, kommunikatsiya, uy-joy xo‘jaligi, davlat boshqaruvi sohalari, shuningdek davlatning xususiy sektor bilan hamkorligiga yo‘naltiriladi. 

 

Mavzuga oid