Erdo‘g‘an Pokiston prezidenti bilan qo‘shma matbuot konferensiyasida ishtirok etdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Pokistonga tashrif buyurdi va u yerda bosh vazir Navaz Sharif tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Marosimdan so‘ng ikki mamlakat yetakchilari matbuot uchun suratga tushishdi, shundan keyin muhokamalarga yo‘l olishdi. Bu haqida Turkiya davlat rahbarining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Turkiya Kashmir hududidagi notinchlikdan tashvishda va mazkur muammo muloqot yo‘li bilan hal qilinishi kerak, deya ta'kidladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Pokiston prezidenti Mamnun Husayn bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot konferensiyasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara va Islomobod qiyin damlarda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashadi.
«15 iyulda Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntaruv harakati bartaraf etilganidan keyin ham shunday bo‘ldi», - dedi Erdo‘g‘an. Davlat rahbari Fathulloh Gulenning terrorchi oqimi har qanday jinoyat va qon to‘kishga qodir ekanligiga urg‘u berdi.
TRT nashrining yozishicha, Erdo‘g‘an Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi erkin savdo kelishuviga doir ishlarning joriy yil oxiriga qadar nihoyasiga yetishiga umid bildirgan.
Ikki kunlik tashrif doirasida Erdo‘g‘an Islomobodda bosh vazir Navoz Sharif bilan ham muzokaralar o‘tkazadi, parlamentning yuqori va quyi palatalari qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi.
Pokistonga uyushtirgan tashrifi davomida Turkiya prezidentiga uning turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an, bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Tug‘rul Turkesh, QK bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar, oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fotima Betul Sayan Qoya, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, energetika va tabiiy resurslar vaziri Barot Olbayroq, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Milliy razvedka tashkiloti rahbar o‘rinbosari Hoqon Fidan hamrohlik qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti ertaga, 18 noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
18:21 / 04.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi me’yordan 60 baravar oshgani sababli maktablar yopildi
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
17:51 / 01.11.2024