Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Ma'lumki, Markaziy saylov komissiyasi shu yilning 9 sentabr kuni saylov kampaniyasini e'lon qilgach, xalqaro tashkilotlarga, bir qator xorijiy mamlakatlarga saylovni kuzatishda ishtirok etish uchun taklifnoma yubordi. Bu bilan yurtimizda saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini, O‘zbekistonning xalqaro hujjatlar doirasida olgan majburiyatlariga mas'ulligini hamda umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarga sodiqligini namoyish qildi.

Shu kunlarda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari saylov komissiyalari a'zolari, siyosiy partiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Kuzatuvchilar xalqaro saylov standartlari va milliy saylov qonunchiligi asosida saylov jarayonining barcha bosqichini, Prezidentlikka nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish masalalarini, ommaviy axborot vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha faoliyatini, shuningdek, aholining turli qatlamlari elektoral faolligi darajasini o‘rganayapti.

Muxbirimiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Marinika Bobonazarova bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar faoliyatining huquqiy asoslari xususida suhbatlashdi.

— Xalqaro kuzatuv — saylov tizimining muhim ¬institutlaridan biri bo‘lib, nafaqat ushbu siyosiy tadbirning ochiq va oshkoraligi hamda saylovchilar ishonchi yuksalishiga, ayni paytda o‘zaro bilim almashish, saylov jarayonining eng yaxshi amaliyoti bilan tanishish asosida ushbu tizimni izchil demokratik rivojlantirishga ham xizmat qiladi, — deydi u. — Xalqaro kuzatuvlar davlatlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy sohada ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni, shuningdek, mamlakatimizning xalq-aro hamjamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida nufuzini mustahkamlashda ham muhim omil hisoblanadi.

Yurtimizda saylovlarni xalqaro kuzatishning mana shunday ahamiyatini hisobga olgan holda, uning huquqiy asoslarini shakllantirishda umume'tirof etilgan saylov standartlari asosida xalqaro kuzatuv institutini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

— Ushbu sohada xalqaro standartlarning ahamiyati qanday va ular qay tarzda shakllangan?

— Ma'lumki, umume'tirof etilgan saylov standartlari Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Inson huquqlari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi, MDH a'zo-davlatlarida