Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston davlat banki 14 yillik terrorchilikka qarshi urush mamlakatga qanchaga tushganini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
Pokiston davlat banki (SBP) mamlakat 2002 va 2016 yillar mobaynidagi terrorchilikka qarshi urushga 118,3 milliard dollar mablag‘ sarflaganini ma'lum qildi. Bu qiymat davlat yalpi ichki mahsulotining uchdan biriga to‘g‘ri keladi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.
17 noyabrda chop etilgan bankning yillik hisobotida aytilishicha, aksilterrorchilik tadbirlari bilan bog‘liq ko‘rilgan bevosita yoki bilvosita ziyonlar miqdori shunchani tashkil qilgan. "Terrorchilik bilan bog‘liq hodisalar ham iqtisodiy o‘sishga, ham ijtimoiy sektorning rivojlanishiga sezilarli to‘sqinlik qiladi", deb aytildi bank hisobotida.
Pokiston davlat banki terrorchilikka qarshi kurash mahalliy aholining ommaviy ko‘chishidan tashqari, mamlakatdan xorijiy investitsiyalarning ketishiga, mamlakat ichida sarmoya kiritishning to‘xtashiga, eksportning muzlatilishi va savdoning sekinlashishiga olib kelganini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
08:31 / 07.04.2026