Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robotning odamga hamla qilishiga oid ilk holat Xitoyda qayd etildi
Robotning odamga hamla qilishiga oid ilk holat Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenchjen shahrida o‘tayotgan IT ko‘rgazmasida yuz berdi. “Sina” axborot portalining xabar berishicha, internet foydalanuvchilari bu voqeani “mashinalar qo‘zg‘alonining ilk ko‘rinishi”, deya ta'riflashgan.
Ko‘rgazmada bir necha yuzlab kompaniyalar yuqori texnologiya sohasidagi turli mahsulotlar va xizmatlar bilan ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada ishtirok etganlardan biri odamlarga ko‘rinishi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 qahramonini eslatib yuboruvchi robotni namoyish qildi.
“Droid”ning asosiy vazifasi bolalarni o‘qitish va tashrif buyurganlarni xursand qilishdan iborat bo‘lgan. Noma'lum sabablarga ko‘ra, nazoratsiz qolgan robot o‘ziga yaqin bo‘lgan ko‘rgazmani buza boshlagan. Xodimlardan biri uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, robot uning oyoqlarini bosgan.
Mavzuga oid
11:41
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026