19:16 / 18.11.2016
5221

Toshkentda O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Xalqaro musobaqlarga, jumladan, 2018 yilda Indoneyziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Paraosiyo o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda viloyatlarda seleksiya qilingan sportchilarni saralash maqsadida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazdi. 

Toshkent shahridagi Paralimpiya markazida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida dzyudo sport turi bo‘yicha musobaqada 100ga yaqin paralimpiyachi (-60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 vazn toifasida o‘g‘il bolalar -48, -52, -56, -63, -70, +78 vazn toifasida qiz bolalar) sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.

Toshkent shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida Respublikamizning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida yengil atletikaning yugurish (60m, 400m, 800m), uzunlikka sakrash, yadro va nayza otish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada 60 nafar paralimpiyachi sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.

Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazida O‘zbekistonning barcha viloyatlari paralimpiya sportchilari o‘rtasida suzishning batterflyay, chalqancha, erkin va brass suzish turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada 20dan ortiq paralimpiyachi sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.

Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

Top