Jahon | 16:58 / 20.11.2016
5414
2 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi haftada O‘rta Yer dengizida 340 nafar kishi cho‘kib ketdi

Foto: Reuters

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM) keyingi 1 haftaning o‘zida 340 nafar muhojir O‘rta Yer dengizidan suzib o‘tishga harakat vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Brietbart nashrining xabariga ko‘ra, noyabr oyida O‘rta Yer dengizidan suzib o‘tishga urinish vaqtida cho‘kib ketganlar soni 546 kishini tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, 2015 yilning o‘n birinchi oyida 141 kishi, 2014 yil noyabrida esa 22 kishi halok bo‘lgandi.

Shu tariqa, 2016 yilgi ko‘rsatkichlar o‘tgan yillardagidan bir necha barobar ko‘p bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bu raqamlar YeI va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv (Turkiya qochqinlarni o‘z hududida joylashtirishi bo‘yicha) ishlamayotganidan darak beradi.

Muhojirlar bo‘yicha xalqaro tashkilot  Nigeriya, Eritreya, Sudan, Gambiya, Kot-d'Ivuar, Gvineya, Somali va Mali kabi 8 davlatni muhojirlar oqimining asosiy manbalari sifatida keltirgan. 

Xabar qilinishicha, bunday statistika kuzatuvchilarni hayron qoldirgan. Ular qochqinlarning asosiy qismi Yaqin Sharqdagi urushdan qochib kelayotganlar bo‘lib chiqishini taxmin qilishgandi.

Noyabr oyi boshida 240 nafar qochqin mingan kemalar Liviya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid