Light | 17:50 / 21.11.2016
11903
1 daqiqa o‘qiladi

Adidas brendi dunyoda birinchi bioparchalanuvchi krossovkalarni taqdim etdi

Adidas kompaniyasi dunyoda ilk bioparchalanuvchi krossovkalarini namoyish qildi. Model Futurecraft Biofabric nomini oldi. Bu haqida brend saytida ma'lum qilindi. 

Poyabzal Biosteel materialidan tayyorlangan bo‘lib, u chiqindisiz utilizatsiyani ta'minlaydi. Taxminlarga ko‘ra, krossovkalar 2017 yilda sotuvga chiqadi, hozircha ularning bahosiga doir ma'lumot berilmadi. 

Adidas kompaniyasiga 1948 yilda Germaniyada asos solingan. U sport kiyimlari va jihozlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda kompaniya Reebok, Y-3 va RBK & CCM Hockey kompaniyalari mahsulotlari distribyutsiyasi bilan ham shug‘ullanadi. 

2016 yilning noyabr oyi boshlarida kompaniya boshqa ekologik poyabzal modelini sotuvga chiqargan: okean chiqindilaridan ishlangan Parley for the Oceans krossovkalari. Uni ishlab chiqarishda plastik va qayta ishlangan poliestr qo‘llangan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid