Jahon | 19:57 / 15.04.2020
4433
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya hukumati Adidas kompaniyasiga 3 mlrd yevro kredit beradi

Chorshanba kuni Adidas aksiyalari narxi 2 foizga pasaydi. Yil boshidan buyon kompaniyaning kapitalizatsiyasi 23,9 foizga kamayib ketdi.

Foto: Shutterstock

Germaniya hukumati Adidas AG kompaniyasiga koronavirus pandemiyasi sharoitida qo‘llab-quvvatlash uchun 3 mlrd yevro kredit berilishini ma'qulladi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha,  2,4 mlrd yevro KfW davlat bank guruhi tomonidan beriladi.

Yana 600 mln yevro Adidas hamkor banklari konsorsiumidan tushadi. Konsorsiumga UniCredit Spa, Bank of America Corp., Citigroup Inc., Deutsche Bank AG, HSBC Holdings Plc, Mizuho Bank Ltd. va Standard Chartered Plc kiradi

Chorshanba kuni Adidas aksiyalari narxi 2 foizga pasaydi. Yil boshidan buyon kompaniyaning kapitalizatsiyasi 23,9 foizga kamayib ketdi.

Avvalroq koronavirus sababli Yevropada hosil yig‘ib-terib olishda muammolar boshlangani xabar qilingandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid