Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi «Sino International» xorijiy kompaniyasida Nike krossovkalarini işlab çiqariş yölga qöyildi. Bu haqda «Özçarmsanoat» matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, sport poyabzallarining tag qismlarini quyiş va ustki qismlarini tayyorlaş liniyalari öz faoliyatini boşlagan. Özbekistonlik mutaxassislarning malaka va könikmalari Nike kompaniyasining Xitoydagi filialidan kelgan texnologlar, dizayner va biçuvçilar tomonidan oşirilmoqda. Korxonada kuniga 6000 juft krossovka işlab çiqariş imkoniyati bor. Yil oxiriga kelib bu quvvat 2 hissa ortişi rejalaştirilgan.
«Nike transmilliy kompaniyasi sport poyabzallarini işlab çiqariş böyiça har bir davlatga tegişli ştrix kod beradi. Özbekiston ham uşbu ştrix kodga ega böldi. Bu degani Andijondagi korxona bemalol Nike brendi tomonidan yaratilgan barça modeldagi krossovkalarni işlab çiqariş xuquqiga egadir», deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, «Sino International» kompaniyasi Adidas brendi ostidagi mahsulotlarni Özbekistonda işlab çiqariş ustida ham iş olib bormoqda.












