Omadsiz sportçi taşkil etgan kompaniya - jahonga maşhur Nike qanday paydo bölgandi?
|21:15 / 04.07.202413 12015 min
Bugun dunyodagi sport kiyimlari va jihozlari işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar orasida Nike ham bor. Bu kompaniyani 1960-yillarda yengil atletika bilan şuğullanib, sportda omadi çopmagan yigit taşkil etadi. U avvaliga krossovkalarni Yaponiyadan olib kelib sotadi. Söng Amerikaning özida korxona taşkil etadi. Ayni damda Nike dunyodagi eng qimmat sport kiyimlari işlab çiqaruvçi kompaniya hisoblanadi.
Nike kompaniyasining tarixi 1957 yilda 19 yoşli talaba Fil Nayt va Bill Bauermanning tanişuvidan boşlanadi. Fil sportning yuguriş turi bilan jiddiy şuğullanar, Bill esa murabbiy edi.
Öşa paytlarda AQŞ bozorida atlet sportçilar kiyadigan sport oyoq kiyimlari turi unça köp emasdi. Sportçilar uçun tayyorlangan yaxşi oyoq kiyim qimmat, arzonlari esa çidamsiz edi.
Fil sportçi sifatida unça muvaffaqiyat qozona olmaydi va omadsizlikka uçraydi. Söng u yengil atletika bilan şuğullanişni töxtatdi va sport oyoq kiyimlari savdosi bilan şuğullanişga qaror qiladi. Unga Yaponiyada tayyorlangan Tiger krossovkasi yoqib qolgandi.
1962 yil Fil otasidan ozroq pul oladi va Yaponiyaga jönaydi. Sobiq sportçi u yerda Tiger krossovkalari işlab çiqariladigan korxonaga boradi va ulardan 300 juft buyurtma beradi. Maqsad krossovkalarni AQŞda sotib foyda köriş edi.
Köp ötmay Yaponiyadan Onitsuka Tiger deb nomlangan krossovkalar yetib keladi. Fil ularni sotib yaxşi foyda köradi.
Kompaniyaning taşkil etilişi
1964 yilda Filning işiga uning murabbiyi Bill ham qiziqib qoladi va ular şeriklikda işlaşga qaror qilişadi. Ikki şerik özlari taşkil etgan kompaniyaga Blue Ribbon Spors deb nom berişadi.
Fil Nayt va uning murabbiyi Bill Bauerman
lookatme.ru
Şundan söng ular Yaponiyadan krossovkalar olib kelib sotişda davom etişadi. 1966 yilda Fil va Bill sport oyoq kiyimlari sotuvçi birinçi savdo dökonini oçişadi.
Şundan söng kompaniya yaponlarga öz krossovkalarini buyurtma qila boşlaydi. Birinçi krossovka Cortez deb nomlangan bölib, uning dizaynini 1968 yilda Bil tayyorlab beradi.
Yaponlar Filga öz brendini tanlasa krossovkalarni öşa nomda tayyorlab berişlarini aytişadi. Fil Blue Ribbon Spors nomini tanlaydi va yaponlar sport oyoq kiyimlarini şu nomda tayyorlab berişadi.
1971 yilda Fil va Bill Yaponiyaning Nissho Iwai Corporation (2004 yilda nomi Sojitz deb özgartirilgan) savdo uyidan moliyaviy yordam oladi. Öşa yildan boşlab kompaniya nomi Nike brendidan foydalana boşlaydi.
1971 yilda kompaniya işlab çiqarayotgan krossovkalariga yangi ramz tuşira boşlaydi. Yangi ramzni Portlend universitetida dizaynerlik yönalişida tahsil olayotgan talaba Kerolin Devidson çizib beradi. Öşanda kompaniya unga 35 dollar gonorar bergan.
Mavzuga oid
Keyinçalik, kompaniya rivojlanib ketgaç, 1983 yilda Fil Nayt Kerolin Devidsonni kompaniya ofisiga taklif etib, unga kompaniya ramzi tuşirilgan, brilliantlar bilan bezatilgan oltin uzuk sovğa qiladi.
Kerolin Devidson
logodesignblog.net
1972 yilda Nike Moon krossovkasi tayyorlanadi. Kompaniya Kanada bozoriga ham kirib boradi. 1972 yilda ötkazilgan yozgi olimpiada öyinlari arafasida kompaniya bir neçta taniqli sportçilar bilan hamkorlik şartnomalari imzolaydi.
1974 yilda Blue Ribbon Spors AQŞda, Nyu-Hempşir özining birinçi fabrikasini oçadi. Öşa yili kompaniya 5 mln dollarlik oyoq kiyimlari sotadi. 1976 yilda savdo hajmi 14 mln, 1977 yilda esa 28 mln dollarni taşkil etadi.
1977 yilda kompaniya Men ştatida, Tayvan va Janubiy Koreyada korxonalar oçadi. Şundan söng Nike krossovkalari Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikada sotila boşlanadi.
Kompaniya nomining özgarişi
1978 yilda kompaniya nomi Nike, Inc deb özgartiriladi. Yangiça dizayn, işga innovatsion yondaşuv tufayli 1970-yillarning oxirida Nike Amerikada savdo hajmi böyiça nemislarning Adidas kompaniyasini ortda qoldiradi.
1979 yilda Nike AQŞ sport oyoq kiyimlari bozorining yarmini egallaydi. Öşa yildan boşlab kompaniya sport kiyimlari tayyorlay boşlaydi.
1980 yilda birinçi marta kompaniya öz aksiyalarini savdoga çiqaradi. Sotilgan aksiyalarning pulini Yevropada işlab çiqarişni kengaytirişga yönaltiradi.
Bill Bauerman kompaniya korxonasida
alamy.com
Şuningdek, Oregonda kompaniya uçun yangi boş ofis quriladi. Nyu-Hempşirda yangi fabrika oçiladi va uning yonida ilmiy tadqiqot laboratoriyasi taşkil etiladi. Öşa paytda Nike kompaniyasining 80 foiz mahsulotlari Tayvan va Koreyada tayyorlanardi.
1981 yilda kompaniya Xitoyda va Irlandiyada öz fabrikalarini oçadi. Mao Tszedun vafotigaça (1976 yil) yopiq mamlakat bölgan Xitoy 1980-yillar boşlarida taşqi dunyo uçun oçilgan va xorijlik sarmoyadorlarni jalb qiliş maqsadida önlab şaharlarda erkin iqtisodiy zonalar taşkil etgan edi.
Nike kompaniyasi bu imkoniyatdan foydalanadi va juda katta bozorga ega bölgan Xitoyga birinçilardan bölib kirib boradi. Biroq AQŞ va Yevropada işlar orqaga ketadi va 1983 yilda savdo hajmi pasayadi.
Şu sababli 1984 yilda kompaniya AQŞdagi uçta fabrikani yopişga majbur böladi. Öşa yili kompaniya maşhur basketbolçi Maykl Jordan bilan şartnoma imzolaydi va Air Jordan krossovkalarini işlab çiqara boşlaydi.
Maşhur basketbolçi Maykl Jordan Air Jordan krossovkalari bilan
myspace.com
Şundan söng AQŞ va Yevropada savdo hajmi ortadi va 1986 yilda kompaniya dunyo böylab ilk bor 1 mlrd dollarlik mahsulot sotişga muvaffaq böladi. Şundan söng savdo hajmi keskin ösişda davom etadi, 1990 yilda 2 mlrd, 1991 yilda esa 3 mlrd dollarlik mahsulot sotiladi. Ana şu körsatkiçlar bilan Yevropa bozorida Nike kompaniyasi Adidas’dan söng ikkinçi örinni egallaydi.
1990-yillar örtalarida savdo hajmi muttasil oşib boraveradi va 5 mlrd dollarga yetadi. Şuning 60 foizi AQŞda, qolgani boşqa joylardagi savdo körsatkiçlari edi.
Öşa paytlarda Nike AQŞ bozorida 30 foizlik uluş bilan birinçi böladi. Ikkinçi örinda 20 foizlik uluş bilan yana bir raqobatçi Reebok, uçinçi örinda Adidas joylaşgandi.
1997 yilda savdo hajmi 9 mlrd dollarga yetadi. Şundan qariyb 1 mlrd dollar sof foyda edi. Keyinçalik kompaniyada savdo hajmi töxtovsiz oşib bordi va sönggi yillarda 50 mlrd dollarga yetdi.
Nike kompaniyasining Janubiy-Şarqiy Osiyodagi fabrikalaridan biri
dailymail.co.uk
Şu’ba korxonalar
Nike kompaniyasi oyoqqa turib kelar ekan, boşqa yirik kompaniyalar kabi kiçik raqobatçilarning bir qançasini sotib oladi. Jumladan, 1988 yilda Cole Haan kompaniyasi xarid qilinadi. Bu kompaniya 2012 yilda sotib yuborilgan.
1994 yilda Canstar Spors, Inc. kompaniyasi sotib olinadi. Bu kompaniya öşa paytda dunyodagi konki va xokkey öyini bilan boğliq sport jihozlari işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya edi.
Nike 1994 yilda Canstar Spors, Inc. kompaniyasining nomini Bauer deb özgartiradi va 2008 yilda uni sotib yuboradi.
2003 yilda Converse, Inc. kompaniyasi sotib olinadi. Bu kompaniya hanuzgaça Nike tarkibida qolmoqda. Kompaniya umumiy savdosining 5 foizini Converse brendi ostida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar sotuvi taşkil etadi.
Converse, Inc. kompaniyasi ham Nike tarkibida
converseshoes.by
2008 yilda kompaniya Britaniyadagi bir sport kiyimlari işlab çiqaruvçi Umbro PLC kompaniyasining 100 foiz aksiyalarini 290,5 mln funt sterlingga sotib oladi.
Biroq Umbro PLC kompaniyasini muvaffaqiyatli rivojlantiriş rejasi amalga oşmaydi. 2012 yilda uni Iconix Brand Group kompaniyasiga sotib olingan pulning yarmiga sotib yuborişadi.
2004 yilda Fil Nayt Nike rahbarligidan ketadi va kompaniya ijroçi direktori lavozimini Uilyam Peres egallaydi. Öşangaça Uilyam Peres S.C. Johnson & Son kompaniyasini boşqargandi.
Nike mahsulotlari qayerlarda tayyorlanadi?
Bugun Nike dunyodagi yirik sport kiyimlari va buyumlari işlab çiqaruvçi kompaniya hisoblanadi. Dunyoning ellikka yaqin davlatlarida kompaniyaning qariyb 500 ta fabrikasi (şu’ba korxonalari) bor.
Nike işlab çiqarayotgan sport oyoq kiyimlari asosan quyidagi davlatlarda tayyorlanadi:
Vetnam – 44 foiz
Indoneziya – 30 foiz
Xitoy – 20 foiz
Nike işlab çiqarayotgan sport kiyimlari va buyumlari quyidagi davlatlarda işlab çiqariladi:
Vetnam – 20 foiz
Xitoy – 20 foiz
Kambodja – 16 foiz
Qolgani boşqa davlatlarda.
Nike işlab çiqarayotgan turli mahsulotlarning 40 foizi AQŞda sotiladi. Bu davlatda kompaniyaning öziga tegişli qariyb 350 ta savdo dökoni bor. Yana 700 dan oşiq savdo dökonlari dunyoning boşqa davlatlarida joylaşgan. Kompaniya umumiy savdosining 40 foizdan oşiqroği ana şu savdo dökonlari hissasiga töğri keladi.
Nike savdo dökonlaridan biri
kharkov.karavan.com.ua
Bundan taşqari, dunyoda kompaniya mahsulotlarini sotuvçi minglab savdo dökonlari bor va savdo körsatkiçlarining qolgan qismi ular hissasiga töğri keladi.
Ma’lumotlarga köra, kompaniya umumiy savdosining 40 foizdan oşiğini Şimoliy Amerika, 28 foizini Yevropa va Afrika qit’alari hamda Yaqin Şarq mintaqasi, 14 foizini Osiyo-Tinç okeani regioni va Janubiy Amerikadagi savdolar taşkil etadi.
Nike şa’niga tanqidlar
Kompaniya Xitoy, Vetnam, Indoneziya va Meksikada korxonalar oçgandan söng juda köp tanqid eşitib keladi.
Tanqidçilar kompaniyasini yuqoridagi davlatlarda taşkil etilgan korxonalarda işçilar oğir şaroitlarda işlayotganiga e’tiborsizlikda ayblaşadi.
Tanqidçilarga köra, Nike rahbariyati Xitoy, Vetnam, Indoneziya va Meksikada işçilar haq-huquqlari toptalişini oldindan bilsa ham foyda ketidan quvib, ularda korxonalar oçgan.
Ular yiğgan ma’lumotlarda yuqoridagi davlatlardagi aksariyat korxonalarda işçilar 48 soat örniga 70-80 soat işlaşga majburlanayotgani aytiladi. Ularga iş haqi sifatida bir soat uçun 20 sentdan tölanmoqda.
Nike‘ning Janubiy-Şarqiy Osiyodagi korxonalaridan biri
alamy.com
Ma’lumotlarga köra, birgina Vetnamda Nike mahsulotlarini işlab çiqaruvçi korxonalarda qariyb yarim mln odam mehnat qiladi. Ularning asosiy qismini ayol-qizlar taşkil etadi.
Ular orasida 16 yoşga tölmagan öğil va qiz bolalar borligi ham aytiladi va Nike rahbariyati bu holatga köz yummoqda. 16 yoşga tölmagan bolalar mehnatidan foydalaniş Xitoy, Indoneziya va Meksikadagi korxonalarda ham borligi aytiladi.
Reklama va homiylik şartnomalari
Boşqa yirik kompaniyalar singari Nike ham reklamaga katta e’tibor beradi. Kompaniya har yili örtaça 3,5-4 mlrd dollar mablağni reklamalar uçun ajratadi.
Bu pullar internet va televideniyeda reklama roliklarini namoyiş etişga, taniqli sportçilar va jamoalarga homiylik şartnomalari uçun sarflanadi. Şuningdek, kompaniya turli yirik musobaqalarga ham homiylik qiladi.
Nike kompaniyasining birinçi reklama roligi markaziy telekanallarda 1982 yilda paydo böladi. Öşandan keyin kompaniya “Eng yaxşi reklama” roligi yönalişida ikki marta Kann kinovestivali, ikki marta Emmi mukofotini qölga kiritadi.
2000-yillarda, internet ommalaşa boşlagandan buyon Nike internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kompaniyani aktiv reklama qilib keladi.
2015 yilda kompaniya Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) bilan 8 yillik homiylik şartnoma imzolaydi. Şartnoma tugaşidan avval yana yangilandi.
Kriştianu Ronaldu Nike mahsulotlarini reklama qilgani uçun har yil unga katta miqdorda mablağ tölab beriladi.
xl.pt
Nike yakka şaxslar bilan tuziladigan ilk şartnomani MBA yulduzi Maykl Jordan bilan imzolagan va maşhur basketbolçi familiyasi bilan nomlangan krossovkalar çiqarilgandi. Bu hamkorlik hanuzgaça davom etib kelyapti va Air Jordan krossovkalari hanuzgaça savdoga çiqarilmoqda.
Kompaniya keyinçalik boşqa maşhur basketbolçilar Kobi Braynt, Jyeyson Kidd, Vins Karter, Lebron Jyeyms, Kevin Dyurant va boşqalar bilan ham homiylik şartnomalari imzolaydi.
1990 yillar boşlarida Nike futbol bozoriga ham kirib keladi va Romario, Erik Kantona hamda Edgar Davids bilan hamkorlik qila boşlaydi.
2000-yillar boşlarida Ronaldo (braziliyalik), Ronaldinio, Tiyeri Anri, Didiye Drogba, Andreas Iniyesta, Keyn Runi, Kriştianu Ronaldu, Françesko Totti, Zlatan Ibrohimoviç, Harri Keyin, Eden Azar va Kilian Mbappe kabi futbolçilar bilan homiylik şartnomalar imzolaydi.
Maykl Jordandan söng kompaniya Ronaldinioni reklama roligi yuziga aylantiradi. “Roni” suratga tuşgan reklama roligi öz vaqtida Yutub platformasida millionlab marta tomoşa qilingan edi.
Kompaniya maşhur öyinçilardan taşqari, Barselona, PSJ, Mançester Yunayted kabi maşhur jamoalar , Braziliya, Fransiya, Angliya, Portugaliya, va Niderlandiya terma jamoalari bilan hamkorlik qilgan.
Bundan taşqari, Nike maşhur tennisçilar Andre Agassi, Pit Sampras bilan 1980-yillarda, Rojyer Federer, Rafael Nadal, Serena Uilyams va Mariya Şarapova kabilar bilan 1990 va 2000-yillarda homiylik şartnomalari imzolagan.
Bugungi kunda ham kompaniya juda köplab sport klublari, sportçilar va turli terma jamoalar bilan homiylik şartnomalariga ega. Ana şu şartnomalarga muvofiq Nike har yili ularga milliardlab dollar tölab beradi.
Nike sönggi yillarda
Dunyoga maşhur Forbes naşrining yozişiça, 2023 yilda Nike kompaniyasi dunyo böylab 50,6 mlrd dollarlik mahsulot sotgan. Uning 70 foizi oyoq kiyimlar, qolgani sport kiyimlari va boşqa jihozlar bölgan. Şundan qariyb 6 mlrd dollari sof foyda bölgan.
2023 yilda kompaniyaning öz mablaği 15 mlrd dollardan oşiqroq bölgan. Kompaniya kapitalizatsiyasi qariyb 190 mlrd dollarni taşkil etgan.
Bugungi kunda kompaniyaning turli davlatlarda joylaşgan korxonalarida qariyb 80 ming odam mehnat qilmoqda. Kompaniya asosçisi Fil Nayt 86 yoşda. Bill Bauerman esa 1999 yilda vafot etgan.
Kompaniyaga Mark Parker (direktorlar kengaşi raisi) va Jon Danaxo (kompaniya prezidenti) rahbarlik qilmoqda.
Nike‘ning bugungi rahbarlari
hypebeast.com
Bugungi kunda kompaniyaning dunyo böylab qariyb 1200 ta maxsus dökondan iborat savdo tarmoği bor. Forbes naşriga köra hozirda Nike dunyodagi eng qimmat sport mahsulotlari işlab çiqaruvçi brend hisoblanadi.
Sönggi yillarda kompaniya Nike brendidan taşqari Nike Golf, Nike Pro, Nike +, Air Jordan, Nike Blazers, Air Force 1, Nike Dunk, Air Max, Foamposite, Nike Skateboarding, Nike CR7, Hurley International, Converse nomlari ostida ham mahsulotlar işlab çiqarmoqda.
Kompaniya 2022 yilda dunyoning eng yirik kompaniyalari orasida 212-örinni, eng qimmat brendlar orasida esa 13-örinni, AQŞda eng yaxşi foyda körib işlovçi kompaniyalar orasida esa 83-örinni egallangan.