AQŞning Nike brendi qöl yordamisiz kiyiş mumkin bölgan birinçi krossovkalarni taqdim etdi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, Go FlyEase nomli krossovkalar jismoniy imkoniyati çeklangan odamlar uçun juda asqatadi va pandemiya davrida sirtlarga qöl bilan tegişni minimallaştiriş soğliqni saqlaşdagi muhim jihatga aylangan bir vaqtda dolzarb böladi.
Nike sport poyabzali uni örtasidan ikki qismga böluvçi va oyoqlar kirişi uçun köproq joy hosil qiluvçi şarnir mexanizm bilan jihozlangan. Krossovkalar yeçilganda uning old qismi yuqoriga kötarilib, orqa qismi esa pastga tuşadi. Poyabzalni kiyiş uçun uning içiga oyoqni tiqib, tovonga bosiş yetarlilik qiladi.
E'tiborlisi, Go FlyEase’ning boğiçi bölmay, uning örniga tagçarm atrofida joylaşgan rezinka qöllanadi. U oyoqni poyabzalda mustahkam uşlaşga yordam beradi.
Krossovkani işlab çiqqan mutaxassislarning ta'kidlaşiça, hammasi oddiy bölib, sport poyabzaliga könikiş uzoq vaqt talab qilmaydi.
Krossovka 120 dollar narxdan 15 fevraldan çeklangan miqdorda, 2021 yil oxirida esa keng sotuvga çiqariladi.












