Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmning Yevropaga yo‘l olishida devor vazifasini o‘taydi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, uning mamlakati terrorchilarning Yevropaga o‘tishida devor vazifasini o‘tamoqda va ayni vaqtda terrorchilikka qarshi kurashda NATO yordamiga muhtojdir.
"Turkiya terrorchilik tashkilotlari va dunyoning qolgan qismi, xususan Yevropa o‘rtasidagi o‘ziga xos devordir. Agar terrorchilikka qarshi kurash muvaffaqiyatsiz yakunlanib, ushbu devor barbod bo‘lar ekan, terrorchilar oqimi butun dunyoni alanga va qon girdobida qoldiradi. Biz ushbu devorni zaiflashtirish emas, mustahkamlashga chaqiramiz. Turkiyaga ko‘rsatilgan yordam, ushbu ko‘makni taqdim etgan davlat xavfsizligini ta'minlashga hissa qo‘shadi" — degan Erdo‘g‘an NATOning Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan 62-parlament sessiyasida qilgan ma'ruzasida. Uning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Turkiya terrorchilikka qarshi kurashda yanada kuchliroq yordamlarga muhtoj. "Terrorchilik tashkilotlari faoliyatiga ikki xil yondashuvda bo‘layotgan mamlakatlar, ertami-kechmi, bu siyosatlarining oqibati bilan o‘z hududida to‘qnash keladi. Shunga ko‘ra, o‘z tarixining turli bosqichlarida terrorchilikka qarshi kurashishga majbur bo‘lgan Turkiya maslahatlarini jiddiy qabul qilishga chaqiraman" — deb ta'kidlagan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
15:05 / 24.12.2025
Vadeful: Ukraina bilan urush tugagach, RF NATOga hujum qilishi mumkin
10:44 / 19.12.2025
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
14:44 / 16.12.2025