Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ayrim talablar bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktabrdagi 2646-sonli qarori bilan tadbirkorlik subektlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik hamda me'yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Unga muvofiq, joriy qonunchilik talablariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotadi, deb xabar qilmoqda review.uz sayti.
Xususan, kichik tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga oluvchi davlat organiga muhr va shtamp eskizlari, fotokartochkalar, pasport nusxasi, ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) jarayonlaridan o‘tganligiga oid kartochka, yakka tartibdagi tadbirkorning doimiy yashash joyidagi o‘z-o‘zini boshqarish organidan tasdiqlovchi ma'lumotnoma, firmaga tegishli nomlarni zaxiralab qo‘yganiga oid ma'lumotnomalar hamda hozirgi kun talablariga mos kelmaydigan boshqa hujjatlar va ma'lumotnomalar bekor qilinadi.
Bundan tashqari, nizom hujjatlarini notarial tasdiqlash, xorijiy tadbirkorning yuridik shaxs va yoki boshqa turdagi hujjatlarini uni ro‘yxatga olgan savdo reyestridan ko‘chirma shaklidagi ma'lumotnoma, shuningdek, ushbu yuridik shaxsning xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida haqiqatdan ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etish talab etilmaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026