Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Rossiyaning muammoli hududlarida xorijiy ishchilar ulushi qisqartirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar bermoqda RNS.
Uning aytishicha, Rossiya mehnat bozoriga muhojirlarning kelishi ijtimoiy va davlat tomondan yo‘qotishlar – mehnatning arzonlashishi va Rossiyadan kapitalning olib chiqilishiga olib keladi, chunki mehnat muhojirlari topgan pullarini vatanlarida sarflaydilar.
"Bu bizning byudjyetimizga qo‘shimcha ijtimoiy yuklamadir, chunki muhojirlar bizning tibbiyot muassasalarimiz va ta'limdan foydalanadilar. Barcha plyus va minuslarni taqqoslaganimizda, natijada biz oladigan ijtimoiy yuklama ular bizning iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissaga mos kelmaydi", deb aytdi Golodets.
Uning aytishicha, bu jiddiy disbalansga olib keladi, chunki foydani ish beruvchi oladi, jamiyat esa bunga haq to‘laydi.
"Shuning uchun mehnat bozorida muammolar mavjud bo‘lgan hududlarda sekin-asta xorijiy ishchilarni kamaytirish – bu bizning siyosatdir va biz bunga ertami-kechmi kelamiz, biroq ish beruvchilar doimo mehnat bozorida yetarlicha ishchi kuchi yo‘qligini ta'kidlab keladilar", deb aytdi Golodets.
Ayni vaqtda Rossiyada xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mehnat muhojirlarini qabul qilishda cheklovlar joriy qilingan dastur amal qiladi. Golodetsning aytishicha, ba'zi tarmoqlarda 10 foiz va undan ko‘proq darajada mehnat muhojirlarini ishga qabul qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, boshqalarida esa bu ko‘rsatkich ancha katta ko‘rsatkichni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:21
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026